Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi: mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi; ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi; sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi; hukmning kassatsiya, taftish tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi; mahkumning vafoti.