Jinoyat-ijroiya kodeksi 177-modda. Shartli hukm qilingan shaxslarning majburiyatlari

Shartli hukm qilingan shaxslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.