Jinoyat-ijroiya kodeksi 178-modda. Sudga taqdimnoma kiritish

Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir. Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.