Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar: har kuni sayr qilish; xatlar, posilka, yoʻqlov va banderollar, shuningdek pul joʻnatmalari olish va yuborish; qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish; diniy rasm-rusumlarni ado etish; oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni oʻz yonida saqlash; kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega. Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin. Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin. Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart.