Bemorlar va xodimlar xavfsizligini taʼminlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi (boʻlinmasi) doirasidan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi. Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qoʻriqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-psixiatriya ekspertizasi boʻlinmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik koʻrsatgan taqdirda unga nisbatan qoʻlkishan, bogʻlash vositalari va boshqa maxsus vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilishi mumkin