Voyaga yetmagan shaxsning yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlashi yoxud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlash yoxud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi.