Jinoyat-ijroiya kodeksi 24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari

Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar yoʻllashga majbur.