Jinoyat-ijroiya kodeksi 25-2-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari

Probatsiya boʻlinmasi: mahkumlarning hisobini yuritishi; mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi; mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi; mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (obyektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart.