Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi. Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 45¹ yoki 82¹-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi.