Jinoyat-ijroiya kodeksi 25-modda. Mahkumning majburiyatlari

Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.