Jinoyat-ijroiya kodeksi 47-modda. Umumiy tartibli koloniyalar

Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno.