Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni taʼminlaydi: mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.