Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga oʻz yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshligʻining qaroriga binoan olib qoʻyiladi hamda mahkum ozod boʻlgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yoʻq qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga oʻtkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi. Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi.