Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida, oʻz huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; oʻz taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji boʻlmagan taqdirda javob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga joʻnatish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan taʼminlanadi; Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu jumladan surdotarjimonning xizmatidan foydalanish; oʻquv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; sogʻligʻini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga koʻra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; ob-havo sharoiti yoʻl qoʻysa, ishdan boʻsh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish; jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat koʻrsatish xodimlari tomonidan koʻrsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega boʻlish, dam olish, taʼtilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq toʻlanishi; ijtimoiy taʼminot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek oʻz davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va k