Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlmagani holda odam oʻgʻrilash — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa; v) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.