Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek shu harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.