Jinoyat kodeksi 152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish

Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish vositalarini qoʻllash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarini buzish — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.