Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.