Jinoyat kodeksi 158-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.