Jinoyat kodeksi 161-modda. Qoʻporuvchilik

Qoʻporuvchilik, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sogʻligʻiga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.