Jinoyat kodeksi 185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish

Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini buzish, davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.