Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravarid