Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran; b) koʻp miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran; b) koʻp miqdorda; v) tamagirlik yoʻli bilan; g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan ti