Jinoyat kodeksi 218-modda. Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish

Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.