Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi — besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qochish: a) badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan holda; b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.