Ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning maʼmuriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish: a) maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz istiqomat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish; b) maʼmuriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan oʻrnatilgan boʻlib, u oʻzi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan boʻlsa, — ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.