Gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamgʻasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.