Kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni yoki oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoxud ularning analoglarini yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini koʻp miqdorda kontrabanda qilish — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.