Boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.