Jinoyat kodeksi 281-modda. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish

Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa; v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.