Jangovar navbatchilikni oʻtash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qoʻriqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab boʻlsa, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish Oʻzbekiston Respublikasiga toʻsatdan qilingan hujumni oʻz vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.