Jinoyat kodeksi 33-modda. Jinoyatlar majmui

Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan boʻlmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi. Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud boʻlsa, u moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladi.