Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan kundan hisoblanadi.