Jinoyat kodeksi 73-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish

Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum: a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini; v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan uch qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga; b) oʻta xavfli retsidivistga; v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga; v ¹ ) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik, shuningdek firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplamagan shaxsga; g) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsni jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, oʻn olti yoshga