Jinoyat-protsessual kodeksi 101-modda. Ishning holatlari toʻgʻrisida erkin soʻzlab berish

Soʻroq qilinuvchiga ishning unga maʼlum boʻlgan holatlari toʻgʻrisida soʻzlab berish taklif qilinmogʻi lozim. Soʻroq qilinuvchi erkin soʻzlab berganidan keyin uning koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin.