Jinoyat-protsessual kodeksi 108-modda. Qoʻshimcha soʻroq

Qoʻshimcha soʻroq quyidagi hollarda oʻtkaziladi: 1) soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmasa; 2) soʻroq qilingan shaxs ilgari bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish yoki oʻzgartirish istagini bildirsa; 3) ayblanuvchiga yangi yoki oʻzgartirilgan yoxud qoʻshimcha ayblov eʼlon qilinsa; 4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini prokuror qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa; 5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa; 6) ilgari soʻroq qilingan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim yangi savollar tugʻilsa; 7) shaxs soʻroq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan soʻroq qilishni talab qilsa.