Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va ayblanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi, bu iqror boʻlish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan koʻrsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi oʻz aybiga iqror boʻlgan taqdirda ham, oʻzining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bogʻlangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim.