Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilib, bu haqda soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar.