Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda boʻlgan guvoh yoki jabrlanuvchi koʻrsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida oʻsha kunning oʻzida yoki keyingi kundan kechiktirmay soʻroq qilinishi kerak. Guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishga xohishi toʻgʻrisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga soʻroq oʻtkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq soʻroq oʻtkaziladi.