Jinoyat-protsessual kodeksi 157-modda. Olib qoʻyish uchun asoslar

Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlarning aynan kimda va qayerda ekanligi maʼlum boʻlib, ularni qidirishning hojati boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qoʻyishga haqlidir.