Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va oʻtkazishda: 1) ekspertiza oʻtkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va oʻziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi; 2) ekspertni rad etish; 3) oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish; 4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish; 5) ekspertiza oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir boʻlish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qoʻllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish; 6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. Sanab oʻtilgan huquqlardan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.