Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq boʻlmay, kamchiliklarini toʻldirish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishga zarurat boʻlmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur boʻlib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 98 — 108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda soʻroq qilish huquqiga ega. Ekspert faqat oʻzi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan oʻtkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin. Ekspertni u xulosa berguniga qadar soʻroq qilish taqiqlanadi.