Jinoyat-protsessual kodeksi 21-modda. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki

Jinoyat ishi boʻyicha tergov olib borish va ishni sudda koʻrish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun oʻz vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir. Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir.