Jinoyat-protsessual kodeksi 237-modda. Ehtiyot choralarining turlari

Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamogʻi; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning oʻzida ana shu choralardan faqat bittasi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.