Jinoyat-protsessual kodeksi 238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda eʼtiborga olinadigan holatlar

Ehtiyot choralaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qoʻyilgan aybning ogʻirligini, ayblanuvchining shaxsini, mashgʻulot turini, yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.