Uy qamogʻi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi. Uy qamogʻi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan toʻliq yoxud qisman ajratib qoʻyilib, oʻzi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda boʻlishidan iborat boʻladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamogʻida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin. Uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik boʻyicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ koʻrsatiladi. Oʻziga nisbatan uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) oʻrnatilishi mumkin: 1) muayyan shaxslar bilan aloqada boʻlish; 2) xat-xabar olish va joʻnatish; 3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida soʻzlashuvlar olib borish; 4) uy-joyni tark etish. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan soʻzlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yongʻin xavfsizligi xizmatini, qutqaru