Jinoyat-protsessual kodeksi 26-modda. Dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirish

Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.