Jinoyat-protsessual kodeksi 285-modda. Jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash

Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qoplashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga oʻtkaziladi. Jinoyat narsasi boʻlmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan boʻlsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yoʻli bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqi tushuntiriladi.