Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki roʻyxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda, mol-mulk roʻyxatga olingan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi tegishli maʼmuriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qoʻl qoʻydirib olinadi.