Jinoyat-protsessual kodeksi 297-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chogʻida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi.